Raqamlar bo'yicha rasmlar
Sonlar bo’yicha rasm solish metodikasi ham ijodiy xobbilar orasida nisbatan yangi yo’nalish hisoblanib, badiiy rassomlik bo’yicha umuman tushuncha va ko’nikmasi bo’lmagan insonlarga rassomchilikning turli texnika va janrlarida chiroyli rasmlarni bajarish imkonini beradi. Rasm tayyor bo’lganida ush bu rasm aynan shu yo’l bilan vujudga kelganligini anglash qiyin. Ushbu usul tufayli har bir inson sonlangan rasmni huddi shu sonlar bilan belgilangan bo’yoqlar bilan bo’yab chiroyli rasmlarni yarata oladi. Qilgan ishizdan mag’rurlanasiz. Yaratgan rasmni ramkaga solib qo’yilsa u bilan uyni devorini bezatish mumkin yoki bo’lmasa sovg’a sifatida biron bir yaqin insonizga hadiya qilish mumkin. Rassomlik uchun to’plamlar – bu o’zizga, farzandizga, do’st va tanishlarizga, hamda ota-onangiz va turmush o’rtog’izga ajoyib ijodiy sovg’adir.
 
 

E-mail
Parol
Ro'yxatdan o'ting
Saytda ro'yxatdan o'tgandan so'ng, buyurtmani kuzatish siz uchun mavjud bo'ladi, shaxsiy kabinet va boshqa yangi xususiyatlar