O’z asosini Sharqda topganiga qaramasdan, olmos mozaikasi O’zbekiston uchun butkul yangi xobbi (sevimli mashg’ulot) hisoblanadi. Bu kanvas ustida olmos toshlardan teriladigan mozaika bo’lib, uni tergandan so’ng ajoyib rasm chiqishini ko’rasiz. U turli to’qimalarda hosil bo’lgan rang va soyalarining o’zgacha chiroy va jilolarni hosil qilganligi bilan insonni hayratga soladi. Asosiy maqsadi – bu kanvasdagi rasmni pintset yordami bilan akril toshlar bilan to’ldirishdir. Ushbu to’plamlarni ishlab chiqarishda yuqori sifatli va inson sog’lig’I uchun xavfsiz moddalardan foydalaniladi. Olmos mozaikasi 7 yoshdan boshlab bolalarga ham tavsiya etiladi va ularni rivojiga o’z xissasini qo’shadigan qiziqarli sevimli mashg’ulotga aylanishi mumkin.